23:34 / 20.09.2018
12905

Luka Modrich «Oltin to‘p» haqidagi savolga javob berdi

Foto: Getty Images

«Real» klubi va Xorvatiya terma jamoasi yarimhimoyachisi Luka Modrich «Oltin to‘p»ni olish imkoniyatlari haqida gapirdi.

«Odamlar menga ovoz berayotganidan va nomzodlar ro‘yxatiga kiritilganimdan faxrlanaman, ammo, takrorlayman, «Oltin to‘p» haqida ko‘p o‘ylayotganim yo‘q.

E'tiborimni o‘yinga qaratishni lozim ko‘raman. Men uchun muhimi - jamoamning yutug‘i. «Oltin to‘p»ga keladigan bo‘lsak, uni qo‘lga kiritsam, baxtiyor bo‘laman. Agar kiritolmasam, hayot bu bilan tugab qolmaydi» - deb Modrich so‘zlarini keltirmoqda Marca.

Mavzuga oid
Top