16:15 / 20.09.2018
80271
Rasman: Toshkentdagi kameralar 7 turdagi huquqbuzarlikni qayd etmoqda
Foto: KUN.UZ

Toshkent shahri ko‘chalarida kuzatuv kameralari ishga tushganiga bir yarim yildan ortiq vaqt o‘tdi. Bugunga kelib, kuzatuv kameralari aniqlayotgan qoidabuzarliklar soni yettitaga yetgan. 

Ular:
 
1. Transport vositalari haydovchilarining svetoforning taqiqlovchi signaliga yoki yo‘l harakatini tartibga soluvchining taqiqlovchi ishorasiga bo‘ysunmasdan o‘tishi (128-4-modda 1-qism). Jarima miqdori - 368 600 so‘m;

2. Avtotransport vositalarining haydovchilari tomonidan belgilangan harakatlanish tezligining oshirish. (128-3-modda 1-3-qism ). Jarima miqdori - 1 dan 10 EKIHga teng;

3. Haydovchilarning transport vositalarini boshqarish va yo‘lovchilar tashishda xavfsizlik kamaridan foydalanish qoidalariga rioya qilmaslik (125-modda, 1-qism). Jarima miqdori - 36 860 so‘m - 0,2 EKIH;

4. Transport vositasini boshqarish vaqtida haydovchilarning telefondan foydalanishi (128-1-modda 1-qism). Jarima miqdori 368 600 so‘m - 2 EKIH;

5. Transport vositalari haydovchilarining to‘xtash yoki to‘xtab turish qoidalarini buzishi (128-6-modda 1-qism). Jarima miqdori- 552 900 ming so‘m - 3 ta EKIH;

6. Transport vositalari haydovchilarining yo‘lning qarama-qarshi harakatlanish uchun mo‘ljallangan tomoniga yoki bo‘lagiga yo‘l harakati qoidalarini buzgan holda chiqishi, xuddi shuningdek avariya holati yuzaga kelishiga sabab bo‘lgan, ya'ni yo‘l harakatining boshqa qatnashchilarini tezlikni, harakat yo‘nalishini keskin o‘zgartirishga yoki o‘z xavfsizligini yoxud boshqa fuqarolarning xavfsizligini ta'minlash uchun o‘zga choralarni ko‘rishga majbur qiluvchi huquqbuzarlikni sodir etishi (128-5-modda 2-qism). Jarima miqdori 1 843 000 so‘mni tashkil etadi - 10 EKIH;

7. Haydovchilarning transport vositalarini piyodalar yo‘lkalaridan yurgizishi, yo‘l belgilari yoki yo‘lning qatnov qismidagi chiziqlar bilan belgilab qo‘yilgan talablarga rioya etmasligi (128-modda 1-qism). Jarima miqdori - 92 150 so‘m - 0,5 EKIH.

Top