17:05 / 20.09.2018
25400

O‘zbekistonda Coca-Cola xususiylashtirilishi mumkin

Moliya vazirligida Yevropa Tiklanish va taraqqiyot banki, The Coca-Cola Company (AQSh) va Coca-Cola İçecek (Turkiya) vakillari bilan muzokaralar bo‘lib o‘tdi. Bu haqda vazirlik axborot xizmati xabar bermoqda.

Ko‘p tomonlama uchrashuvda o‘zaro hamkorlik va «Coca-Cola Ichimligi Uzbekiston Ltd.» MChJ QKga strategik investor jalb etish masalasi imkoniyatlari muhokama qilindi. Bunga Yevropa Tiklanish va taraqqiyot banki (YeTTB) yordam beradi.

Hozirda «Coca-Cola Ichimligi Uzbekiston Ltd.» MChJ QKning 57,1 foizi «O‘zbekoziqovqatxolding» davlat xolding kompaniyasiga, 42,9 foizi esa The Coca-Cola Export Corporation’ga tegishli.

«Coca-Cola Ichimligi Uzbekiston Ltd.» MChJ QK 1993 yilda tashkil etilgan. Bugungi kunda qo‘shma korxona Toshkent, Namangan va Urganch shahrida joylashgan O‘zbekistondagi uchta zavodga egalik qiladi.

«Coca-Cola Ichimligi Uzbekiston Ltd.» MChJ QK O‘zbekistonda oziq-ovqat sanoati sohasida 4ta ISO xalqaro sifat sertifikatlariga ega yagona korxona hisoblanadi.

YeTTB 1992 yildan 2010 yilgacha bo‘lgan davrda O‘zbekistondagi 54 loyihaga 894 million yevro sarmoya kiritgan.

Top