18:15 / 22.09.2018
20404

Komil Rashidov: «Do‘stlik» NO‘P Qirg‘iziston fuqarolari uchun yopilmagan

Foto: kabar.kg

O‘zbekiston Respublikasining Qirg‘izistondagi elchisi Komil Rashidovning «Vecherniy Bishkek» nashriga xabar berishicha, Qirg‘iziston-O‘zbekiston chegarasidagi «Do‘stlik» nazorat-o‘tkazish punkti odatiy rejimda ishlamoqda.

«Nazorat-o‘tkazish punkti yopilmadi. Chegarachilar chegara bo‘ylab fuqarolarni tartibga rioya etgan holda o‘tkazmoqda», - deya aniqlik kiritgan diplomat.

Shuningdek, Komil Rashidovning qo‘shimcha qilishicha, O‘zbekiston Chegara xizmati fuqarolarning har ikki tomonga o‘tishi muammolarsiz va ortiqcha kechiktirishsiz amalga oshishi tarafdori. Bildirilishicha, nazorat-o‘tkazish punkti xalqaro maqomga ega va kuniga 24 soat ishlaydi. 

Eslatib o‘tamiz, avvalroq qirg‘izistonliklar O‘zbekiston hududiga kiritilmayotgani haqida xabarlar tarqalgandi. «Do‘stlik» nazorat-o‘tkazish punktidan (NO‘P) olingan videoni vaziyatga guvoh bo‘lganlardan biri Facebook’da e'lon qildi.

Mavzuga oid
Top