22:39 / 22.09.2018
88364
Shahram G‘iyosov "Uembli"da raqibini ringga qulatib navbatdagi g‘alabasiga erishdi
Foto: Twitter/DAZN_USA

O‘zbekistonlik professional bokschi Shahram G‘iyosov Londondagi "Uembli" stadionida o‘zining navbatdagi jangini o‘tkazib, nikaragualik Xulio Laguna ustidan g‘alabaga erishdi.

Sakkiz raundga mo‘ljallangan jangning to‘rtinchi raundida ketma-ket zarbalar bergan Shahram raqibini ringga qulatganidan so‘ng hakam jangni to‘xtatdi.

Shahram G‘iyosov professional ringdagi beshinchi jangida beshinchi g‘alabasiga erishdi.

Avvalroq Shahram bu safargi raqibi eng kuchlisi ekanini qayd etib o‘tgandi.

Top