23:30 / 22.09.2018
9002

Toshkent shahar hokimligida investorlarning 20 dan ortiq loyihalari muhokama etildi 

Foto: Toshkent shahar hokimligi

Bugun 22 sentabr kuni poytaxt hokimligida navbatdagi “Investor kuni” bo‘lib o‘tdi. Unda Bektemir, Olmazor tumanlaridan tashrif buyurgan tadbirkor va investorlarning 20dan ortiq loyihalari muhokama etildi. Bu haqda Toshkent shahar hokimligi matbuot xizmati xabar berdi.

Taqdim etilgan loyihalar ijtimoiy soha obektlari, xususan zamonaviy  mehmonxona, kutubxona, tibbiyot markazlari, savdo va ko‘ngil ochar maskanlar, ko‘p qavatli avtoturargohlar hamda yangi uy-joy komplekslarni barpo etishni ko‘zda tutadi. 

“Toshkent shahar hokimi vazifasini bajaruvchi Jahongir Ortiqxo‘jayev loyihalarning avvalo, yangi ishchi o‘rinlari yaratilishi va aholi manfaatlariga har tomonlama mos bo‘lishi zarurligini ta'kidladi. Xususan, Ortiqxo‘jayev Olmazor tumanida yillik tovar aylanmasi 5 million AQSh dollari bo‘lgan “Denta servis” xususiy stomatologiya va tibbiyotda og‘riqsizlantiruvchi dori vositalarini ishlab chiqarishga mo‘ljallangan korxona loyihasi bilan tanishdi. Poytaxt hokimi loyihani qo‘llab-quvvatlab, poytaxtda sifatli xizmat ko‘rsatuvchi tibbiyot markazlari ko‘payishiga ishonch bildirdi”, deyiladi xabarda. 

Xabarda aytilishicha, tavsiya etilgan loyihalarning 80 foizi ma'qullangan.

Top