09:14 / 22.09.2018
11060

O‘zbekiston TIV Koreyalararo sammit yakunlari bo‘yicha bayonot berdi

Foto: REUTERS / Peongyang Press Corps/Pool

O‘zbekiston Respublikasi 2018 yil 18-20 sentabr kunlari Pxenyan shahrida bo‘lib o‘tgan Koreya Respublikasi prezidenti Mun Chje In va KXDR Davlat kengashi raisi Kim Chen In ishtirokidagi sammitning tarixiy yakunlarini qo‘llab-quvvatlaydi. Bu haqda O‘zbekiston TIV xabar bermoqda. 

Erishilgan kelishuvlar ikki davlat liderlarining konstruktiv aloqalar hamda Koreyalararo munosabatlarni sifat jihatdan yangi o‘zaro ishonch, do‘stlik va hamkorlik asosida shakllantirish borasidagi qat'iy qarori va qobiliyatidan guvohlik bermoqda.

O‘zbekiston Markaziy Osiyoda yadro qurolidan xoli hududni tashkil etish tashabbuskori sifatida Koreya yarim orolini to‘liq denuklearizatsiya qilish borasidagi tomonlar ko‘rsatgan siyosiy iroda va ularning intilishlarini yuksak baholaydi.

O‘zbekiston Sammitda qabul qilingan Pxenyan Deklaratsiyasi qoidalarining amalda hayotga tatbiq etilishi shubhasiz mintaqada o‘zaro ishonch, mustahkam tinchlik va barqarorni mustahkamlashga xizmat qilishiga ishonch bildiradi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq KXDR va Janubiy Koreya harbiylarini qurolsizlantirilgan hududdan olib chiqa boshlashi xabar qilingandi.

Mavzuga oid
Top