21:25 / 23.09.2018
17353

Amerikalik ayol velosipedda Boeing-737 samolyotidan ham yuqori tezlikni namoyish qildi

Amerikalik Denis Myuller-Korenek velosipedda 4,8 kilometr masofani o‘rtacha 295 kilometr/soat tezlikda bosib o‘tdi va dunyoning yangi rekordini o‘rnatdi. Bu havoga ko‘tarilish uchun harakatlanayotgan Boeing-737 samolyotidan ham yuqori tezlikdir.

Biroq, tan olish kerak, u biroz hiyla ishlatishga muvaffaq bo‘ldi: maxsus bolid masofaning dastlabki milyasida ayolga tezlanish olishga ko‘maklashdi, uning velosipedi esa tezkor harakatlanish uchun maxsus yasalgan edi.

Top