08:40 / 23.09.2018
45632
Joshua Povetkinni nokaut bilan mag‘lub etdi

Rossiyalik bokschi Aleksandr Povetkin va britaniyalik Entoni Joshua o‘rtasida WBA Super, WBO, IBF va IBO chempionlik kamarlari uchun kechgan jang rossiyalikning mag‘lubiyati bilan yakunlandi.

Londondagi “Uembli” stadionida o‘tgan boks kechasining asosiy jangida Joshua raqibini 7-raundda nokautga uchratdi.

Foto:  Richard Heathcote / Staff / Getty Images

Shu tariqa, Povetkin faoliyatidagi 2-mag‘lubiyatga uchradi. Uning hisobida 35 ta g‘alaba bor. Joshua esa birorta mag‘lubiyatsiz zafarli yurishini davom ettirib, 22-g‘alabani qo‘lga kiritdi.

Top