13:40 / 24.09.2018
25981

Kuzda nima yeyish kerak: 4 ta ajoyib mavsumiy mahsulot

Kuz – mazali va sog‘lom yeguliklar ishqibozlari uchun eng g‘aroyib payt. Sabzavot, meva, qo‘ziqorinlarning ko‘pligi eng «erkatoy» gastronomik kishini ham befarq  qoldirmadi. Bugun o‘z ratsioningizni rang-barang qilishga yordam beradigan 4 ta mavsumiy mahsulot to‘g‘risida so‘z yuritamiz.

Foto: Pixabay

Behi

Ko‘pchilik bu mevani tushunmaydi: u qattiq, mazasi g‘alati va qandaydir yoqimsiz. Biroq shoshmay turing, bor-yo‘g‘i siz uni qanday tayyorlashni bilmaysiz. Demak, xomligicha iste'mol qilish uchun «hidli» turi to‘g‘ri keladi: u juda shirin bo‘ladi. Oddiy behidan jyele va marmelad tayyorlasa bo‘ladi: meva tarkibida pektin moddasi ko‘p bo‘lib,tabiiy jyele hosil qiluvchi o‘rnini bosadi. Shuningdek, undan limon qo‘shib, mazali murabbo tayyorlash ham mumkin. U yana parranda go‘shtini pishirish uchun mos keladi: oddiy tovuq va o‘rdak go‘shti uchun ham.

Foto: Pixabay

Lavlagi

Albatta, bu sabzavotni istalgan mavsumda topish mumkin. Biroq hozir u shirin va xushbo‘y bo‘ladi. Lavlagidan nafaqat borsh qaynatish va vinegret salatini tayyorlashda foydalanish, balki uni marinadlash hamda boshqa betakror salatlarni tayyorlashda ham qo‘llash mumkin. Kulinariya saytlarida izlab ko‘ring: sizni ishontirib aytamizki, lavlagi bir qarashda ko‘ringanidek oddiy sabzavot emas.

Foto: Pixabay

Qo‘ziqorin

Ha, albatta u kuz faslining haqiqiy tuhfasi. Do‘stlaringiz bilan qo‘ziqorin terishga boring yoki uni sinalgan kishilardan xarid qiling. Qo‘ziqorinni qishga quritish, undan sho‘rva qaynatish, odatiy grechka yoniga tayyorlanadigan qaylaga qo‘shish, smetana bilan dimlash mumkin.

Foto: Pixabay

Pasternak (shirin ildizli xushbo‘y o‘t)

Kutilmaganda, biroq bu shoirning familiyasigina emas. Bu sabzavotdan go‘sht uchun mazali garnir tayyorlash, shuningdek undan sho‘rvalar pishirishda foydalanish mumkin. Uning mazasi shirin-yong‘oq ta'mini beradi. Shuning uchun undan a'lo darajadagi pyure tayyorlash mumkin. Sinab ko‘ring, u sizni befarq qoldirmaydi.

Siz mavsumiy sabzavotlarni xush ko‘rasizmi? 

Mavzuga oid
Top