14:31 / 24.09.2018
4629

OAV Tramp BMT Bosh assambleyasida qaysi mavzuda nutq so‘zlashini ma'lum qildi

Foto: REUTERS

AQSh prezidenti Donald Tramp 25 sentabr kuni BMT Bosh assambleyasining 73-sessiyasida chiqish qiladi. U ushbu chiqishida xalqaro savdo islohotlari haqida nutq so‘zlaydi. Bu haqda Axios portali Oq uydagi manbasiga tayanib xabar bermoqda.

Nashrning ikkinchi manbasi esa, boshqa davlatlar bilan hamkorlik masalasida «o‘zaro hurmat va suverenitet» Oq uy rahbari nutqining asosiy mavzusi bo‘lishini ta'kidlagan.
 
Ma'lumot o‘rnida: BMT Bosh assambleyasi 73-sessiyasi o‘z ishini Nyu-Yorkda 24 sentabrda boshlaydi. Amerika Qo‘shma Shtatlari prezidenti Donald Tramp BMT Bosh assambleyasi maydonchalarida Fransiya, Buyuk Britaniya, Isroil, Misr, Yaponiya va Janubiy Koreya rahbarlari bilan uchrashadi.

Top