12:07 / 25.09.2018
39149

Xorvatiya termasi o‘yinchisi nega Putinning qo‘lini siqmaganini aytdi

Xorvatiya milliy terma jamoasi himoyachisi Yosip Pivarich 2018 yilgi jahon chempionati finalidan so‘ng taqdirlash marosimi vaqtida nega Rossiya prezidenti Vladimir Putinning qo‘lini siqmagani haqida aytib o‘tdi. Sportchining so‘zlari «Futbol 24» tomonidan keltirilgan.

Caption

«Yodingizda bo‘lsa, o‘shanda juda kuchli yomg‘ir yog‘ayotgandi. Men sardorimiz Luka Modrichdan keyin uchinchi yoki to‘rtinchi futbolchi edim hamda Putinga qo‘l uzatishni niyat qilgandim, biroq shu payt u burilib oldi. Men ham unga qaramasdan o‘tib ketdim. Shunchaki jarayonni kechiktirishni xohlamadim», - deya ta'kidlab o‘tdi Pivarich.

Jahon chempionatining finalida Xorvatiya terma jamoasi 2:4 hisobida Fransiya terma jamoasiga imkoniyatni boy berdi. Pivarichning o‘zi maydonga tushmadi. Umuman olganda, u mundialdagi to‘rtta o‘yinda ishtirok etdi.
 
Himoyachi 2017 yildan beri Kiyevning «Dinamo» klubi safida o‘ynaydi. Bunga qadar u faqat Xorvatiya klublari uchun to‘p tepgan.

Mavzuga oid
Top