11:12 / 26.09.2018
7915

Boks bo‘yicha jahon chempioni jarohatdan keyin ringga qaytishga ruxsat oldi

Foto: REUTERS

Boks bo‘yicha o‘rta vazn toifasidagi jahon chempioni Saul Alvares jarohatidan keyin ringga qaytish uchun shifokorlardan ruxsat oldi.

Boxingnews24 xabariga ko‘ra, meksikalik qozog‘istonlik sportchi Gennadiy Golovkin bilan jangda ko‘zidan olgan og‘ir jarohati tufayli noma'lum muddatga safdan chiqishi mumkin edi.

Ta'kidlanishicha, shifokorlar Alvaresning sog‘lig‘iga tahdidni ko‘rishmagan. U oktabr oyida mashg‘ulotlarni boshlashi kerak.

Meksikalik keyingi jangini dekabr oyida o‘tkazishni rejalashtirmoqda. Kutilishicha, David Leme uning raqibiga aylanadi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq boks bo‘yicha jahon chempioni giyohvand ayolni masxara qilgani uchun 100 ming dollarlik jarimaga tortilgandi

Mavzuga oid
Top