Eronda shifokorlar tomonidan o‘lgani qayd qilingan chaqaloq o‘likxonada jonlanib ketdi.
Voqea Urmiya shahrida yuz bergan. Shifokorlar 6 oylik chaqaloqni ko‘zdan kechirish vaqtida unda tiriklik alomatlarini sezmagach, uning o‘lganini qayd qilishgan.
Bolaning jasadi o‘likxonaga jo‘natilgan. Biroq u yerda bolaning jasadi yuvilayotganda uning tirikligi ma'lum bo‘lgan. Ta'kidlanishicha, bolaning ota-onasi bunday “mo‘'jiza”dan qattiq hayratga tushgan.