12:02 / 26.09.2018
11006

IIV: piyodaning umriga zomin bo‘lgan haydovchi qidirilmoqda

Illyustrativ foto

Sirdaryo tumanida shu yil 25 sentabr kuni noma'lum haydovchi aniqlanmagan avtomashinani “Tadbirkor” MFYdan o‘tuvchi “Termiz-Toshkent” yo‘lida haydab ketayotib, yo‘lni kesib o‘tayotgan piyoda R.X.ni urib yuborib, unga birinchi tibbiy yordam ko‘rsatmay, voqea joyidan ketib qolgan.

Bu haqda O‘zbekiston Respublikasi IIV Jamoatchilik va ommaviy axborot vositalari bilan aloqalar boshqarmasi xabar bermoqda.

Natijada R.X. olgan jarohati sabab voqea joyida halok bo‘lgan. Ushbu yo‘l-transport hodisasini sodir etgan noma'lum haydovchini aniqlash va ushlash choralari ko‘rilgan. Holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.

“Hurmatli fuqarolar, ushbu yo‘l-transport hodisasiga guvoh bo‘lib, haydovchi va avtomashina haqida biron-bir ma'lumotga ega bo‘lsangiz, ichki ishlar organlarining hududiy bo‘linmalariga murojaat qilishingizni yoki “102” telefon raqamiga qo‘ng‘iroq qilib, xabar berishingizni so‘raymiz. Bu bilan Siz, ushbu shaxs tomonidan boshqa turdagi jinoyatlar sodir etilishini oldini olishga o‘z hissangizni qo‘shgan bo‘lasiz”, - deyiladi xabarda.

Top