10:00 / 26.09.2018
9076

Lempard «MYu» va Mourinoni kubokdan chiqarib yubordi, «Siti» keyingi bosqichga o‘tdi

25-26 sentabr kunlari Angliya Ligasi kubogida 3-bosqich o‘yinlari bo‘lib o‘tmoqda. Ushbu bosqich yakunlangach, jami 92 klub bilan start olgan musobaqada 16ta jamoa qoladi.

Liga kubogining 2-bosqichidan boshlab Premer-liga klublari ham ishtirok eta boshlagan, ammo «Manchester Siti», «Chelsi», «Manchester Yunayted», «Tottenhem», «Liverpul», «Arsenal» va «Bernli» yevrokuboklardagi ishtiroki tufayli bu bosqichdan ozod qilingan edi.

Kechagi bahslarda «Manchester Siti» «Oksford Yunayted» maydonidan yirik g‘alaba bilan qaytdi, «Manchester Yunayted» esa «Old Trafford»da Frenk Lempard qo‘l ostidagi «Derbi Kaunti»ga imkoniyatni boy berdi. O‘yinning 67-daqiqasida Joze Mourino shogirdlari bir kishi kam bo‘lib qolishdi, darvozabon Romero qizil kartochka olib maydonni tark etdi. 90-daqiqada Marvon Fellaynining goli evaziga qo‘shimcha bo‘limlarda to‘p surish imkoniga ega bo‘lgan «qizil iblislar» penaltilar seriyasiga ko‘ra ushbu musobaqadagi ishtirokini yakunladi.

Bu mankunianliklar jamoasi qatorasiga beshinchi marta penaltilar seriyasida yutqazishi bo‘ldi. «Qizil iblislar» so‘nggi yillarda Angliya liga kubogining 3 o‘yinida, Angliya kubogi va superkubogining bittadan o‘yinlarida shu tarzda imkoniyatni boy berishgan.

Qayd etish joiz, «MYu» Joze Mourino qo‘l ostida ilk marta penaltilar seriyasida ishtirok etdi. Umuman olganda, portugaliyalik mutaxassisni futbol lotereyasi bobida omadi chopgan murabbiy, deb bo‘lmaydi. U butun faoliyati davomida to‘qnash kelgan 8ta penaltilar seriyasidan 7tasida mag‘lub bo‘lgan.

Eslatib o‘tamiz, musobaqaning amaldagi g‘olibi «Manchester Siti» klubi hisoblanadi. «Shaharliklar» fevral oyidagi finalda «Arsenal»ni 3:0 hisobida mag‘lub etib, bosh sovringa ega bo‘lishgandi.

Angliya Liga kubogi
3-bosqich, 25 sentabr
Manchester Yunayted – Derbi Kaunti 2:2 (1:0, 1:2, 0:0, 0:0), pen. 7:8
Gollar: 1:0 – 3 Mata, 1:1 – 59 Uilson, 1:2 – 85 Merriott, 2:2 – 90 Fellayni.
Manchester Yunayted – Romero, Bayi, Yang, Diogu Dalot, Jons, Errera (Fellayni, 63), Matich, Lingard (Fred, 63), Mata (Grant, 70), Marsyal, Lukaku.
Derbi Kaunti – Karson, Kio, Forsit, Bogl (Uizdom, 87), Tomori, Brayson, Jonson, Maunt, Uilson, Nyudjyent (Merriott, 79), Bennett (Yozefzon, 77).
Penaltilar seriyasi: 1:0, 1:1, 2:1, 2:2, 3:2, 3:3, 4:3, 4:4, 5:4, 5:5, 6:5, 6:6, 7:6, 7:7, 7:8.
Ogohlantirishlar: Bennett (25), Forsit (48), Lingard (54), Matich (90).
Chetlatish: Romero (67).

Oksford Yunayted – Manchester Siti 0:3 (0:1, 0:2)
Gollar: 0:1 – 36 Gabriel Jyezus, 0:2 – 78 Mahrez, 0:3 – 90 Foden.
Oksford Yunayted – Mitchell, Nelson, Garbatt, Diki, Long, Brennagan (Rafflz, 55), Xenson (Genri, 67), Baptist, Xolms (Smit, 77), Obika, Uayt.
Manchester Siti – Murich, Otamendi, Stounz, Kompani, Danilo, Foden, Zinchenko, Mahrez (Bernabe, 85), Silva (Gundo‘g‘an, 63), Braim Dias (Sterling, 55), Gabriel Jyezus.
Ogohlantirishlar: Garbatt (37), Danilo (64), Diki (82).

Blekpul – KPR 2:0 (1:0, 1:0)
Gollar: 1:0 – 28 Nyandyuyye, 2:0 – 90 Spiring.
Chetlatish: Kazns (70, KPR).

Vulverhempton – Lester 0:0, pen. 1:3
 
Preston – Midlsbro 2:2 (1:1, 1:1, 0:0, 0:0), pen. 3:4
Gollar: 1:0 – 27 Robinson, 1:1 – 34 Fletcher, 2:1 – 66 Barkxuzen, 2:2 – 69 Taverne.

Bornmut – Blekbern 3:2 (1:0, 2:2)
Gollar: 1:0 – 14 Stanislas, 2:0 – 58, penalti Ayb, 2:1 – 63 Konuey, 2:2 – 72, penalti Armstrong, 3:2 – 90 Uilson.
Chetlatish: Uilyams (90, Blekbern).

Milluoll – Fulhem 1:3 (0:1, 1:2)
Gollar: 0:1 – 7 Brayyen, 0:2 – 52 De La Torre, 1:2 – 61 Elliott, 1:3 – 68 Kristi.

Uikom – Norvich 3:4 (1:3, 2:1)
Gollar: 0:1 – 12 Rouds, 0:2 – 14 Rouds, 1:2 – 17 Kouen-Xoll, 1:3 – 41 Tribull, 1:4 – 51 Rouds, 2:4 – 61, penalti Sonders, 3:4 – 75 Makkarti.

Berton – Byornli 2:1 (0:1, 2:0)
Gollar: 0:1 – 40 Long, 1:1 – 62 Boys, 2:1 – 83 Allen.

Vest Bromvich – Kristal Pelas 0:3 (0:1, 0:2)
Gollar: 0:1 – 6 Taunsend, 0:2 – 76 van Anxolt, 0:3 – 81 Taunsend.

26 sentabr
23:45. Nottingem Forest – Stok Siti
23:45. Liverpul – Chelsi
23:45. Vest Hem – Mekklsfild
23:45. Arsenal – Brentford
23:59. Tottenhem – Uotford

Top