11:54 / 26.09.2018
65472

Muborak tumani hokimi yordamchisi va tuman moliya bo‘limi rahbari qo‘lga olindi

Qashqadaryo viloyatining Muborak tumani hokimi yordamchisi va tuman moliya bo‘limi rahbari 21 mln so‘m pora olayotganida qo‘lga tushdi.

«O‘zbekiston 24» telekanali xabariga ko‘ra, mahalliy ma'muriyat xodimlari qurilish kompaniyasidan 21 mln so‘m miqdorida «dolya» talab qilishgan.
 
Qashqadaryo viloyati prokuraturasi tomonidan ushbu ikki shaxsga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 210-moddasi bo‘yicha jinoiy ish qo‘zg‘atildi. Ayni damda tergov harakatlari olib borilmoqda.

Top