02:27 / 27.09.2018
10800

A Seriya. "Yuventus" "Bolonya"ni mag‘lub etdi, "Parma" "Napoli"dan yirik hisobda yengildi

Foto: Yuventus

Italiya chempionati 6-turining navbatdagi o‘yinlari o‘tkazildi. 

"Yuventus" o‘z maydonida "Bolonya"ni qabul qilib, 2:0 hisobida g‘alaba qozondi. 11-daqiqada Dibala hisobni ochgan bo‘lsa, oradan 5 daqiqa o‘tib, Matyuidi ham o‘z hisobiga 1ta gol yozib qo‘ydi. 

"Napoli" esa o‘z maydonida "Parma"ni yirik hisobda yengdi. Insine o‘z hisobiga 1ta gol yozib qo‘ygan bo‘lsa, Milik dubl qayd etdi. 

Yuventus – Bolonya 2:0 (2:0, 0:0)

Gollar: 1:0 – 11 Dibala, 2:0 – 16 Matyuidi.
Yuventus – Perin, Bonuchchi, Benatiya, Joau Kanselu, Bardzali (Aleks Sandro, 86), Bentankur, Kuadrado (Bernardeski, 76), Matyuidi, Pyanich (Djan, 64), Dibala, Ronaldu.
Bolonya – Skorupski, Larangeyra, Pas, Deyks (Orsolini, 86), Kalabrezi, Kreychi, Djyemaili, Nad, Mbayye, Destro (Santander, 68), Falchinelli (Okvonkvo, 68).
Ogohlantirishlar: Pyanich (33), Pas (36), Larangeyra (67), Kalabrezi (71), Kuadrado (74).

Napoli – Parma 3:0 (1:0, 2:0)

Gollar: 1:0 – 4 Insine, 2:0 – 47 Milik, 3:0 – 84 Milik.
Napoli – Karnezis, Maksimovich, Mariu Ruy, Malkyui, Kulibali, Diavara, Allan, Zelinski (Verdi, 76), Fabian Ruis, Insine (Mertens, 68), Milik (Una, 85).
Parma – Sepe, Brunu Alvesh, Gobbi, Yakoponi, Galolo, Deyola, Shtulats, Chichiretti (Siligardi, 61), Barilla, Di Gaudio (Sprokati, 78), Ingleze (Cheravolo, 65).
Ogohlantirishlar: Shtulats (33), Brunu Alvesh (50), Barilla (89).

Qolgan uchrashuvlarda quyidagi natijalar qayd etildi: 

Roma – Frozinone 4:0 (3:0, 1:0)
Gollar: 1:0 – 2 Under, 2:0 – 28 Pastore, 3:0 – 35 El-Shaaravi, 4:0 – 87 Kolarov.
 
Udineze – Latsio 1:2 (0:0, 1:2)
Gollar: 0:1 – 61 Acherbi, 0:2 – 66 Korrea, 1:2 – 80 Nyuytink.

Jyenoa – Kevo 2:0 (1:0, 1:0)
Gollar: 1:0 – 42 Pentek, 2:0 – 54 Pandev.

Kalyari – Sampdoriya 0:0 (0:0, 0:0)

Atalanta – Torino 0:0 (0:0, 0:0)

Mavzuga oid
Top