08:00 / 27.09.2018
15517

Qanday transport vositalari DYHXXda davlat ro‘yxatidan o‘tkazilmaydi?

O‘zbekistonda ba'zi transport vositalari Davlat yo‘l harakati xavfsizligi xizmati organlarida davlat ro‘yxatidan o‘tkazilmaydi. Bu haqda “Huquqiy axborot” kanali xabar bermoqda.

Ular:

yopiq joylarda va qishloq xo‘jaligida qo‘llaniladigan umumiy yo‘llarda foydalanishga mo‘ljallanmagan texnologik transport vositalari (traktor, traktor tirkamalari, qurilish-yo‘l va meliorativ texnikasi, o‘ziyurar va qishloq xo‘jaligi mashinalari);

faqat konlarda, shaxta va karerlarda qo‘llaniladigan maxsus transport vositalari;

tramvay va trolleybuslar;

Mudofaa Ichki ishlar vazirliklari, Davlat xavfsizlik xizmati, Milliy gvardiyasiga tegishli bo‘lgan harbiy transport vositalari.

Ushbu transport vositalarini davlat ro‘yxatidan o‘tkazish belgilangan tartibda tegishli vazirliklar va idoralar tomonidan amalga oshiriladi.

Top