03:06 / 27.09.2018
24770

La Liga. "Sevilya" "Real"ni yirik hisobda yengdi

Foto: Reuters

Ispaniya chempionati 6-turining markaziy o‘yinida kutilmagan natija qayd etildi. 

"Sevilya" o‘z maydonida "Real Madrid"ni qabul qilib, yirik hisobda g‘alaba qozondi – 3:0.

17-daqiqada Andre Silva hisobni ochdi. Oradan 4 daqiqa o‘tib, Silvaning o‘zi farqni 2taga yetkazdi. Mezbonlarga yirik g‘alaba keltirgan gol 39-daqiqada Ben-Yyedder tomonidan kiritildi. 

"Valensiya" esa o‘z maydonida "Selta"ni qabul qilib, 1:1 hisobidagi durang qayd etdi. 

25-daqiqada Batshuayi maydon egalarini hisobda oldinga olib chiqqan bo‘lsa, 82-daqiqada Aspas gol kiritib, uchrashuvning durang bilan yakunlanishini ta'minladi. 

Sevilya – Real Madrid 3:0 (3:0, 0:0)

Gollar: 1:0 – 17 Andre Silva, 2:0 – 21 Andre Silva, 3:0 – 39 Ben-Yyedder.
Sevilya – Vatslik, Ker, Gomes, Arana (Nolito, 85), Karrisu, Sarabiya, Navas, Vaskes, Banega (Mesa, 90), Andre Silva, Ben-Yyedder (Promes, 69).
Real Madrid – Kurtua, Varan, Marselo, Nacho (Vaskes, 59), Ramos, Modrich (Sebalos, 70), Kazemiro, Asensio, Kroos, Beyl, Benzema (Dias, 59).
Ogohlantirishlar: Beyl (27), Vaskes (34), Kroos (64), Modrich (65), Banega (74), Sarabiya (79), Dias (87).

Valensiya – Selta 1:1 (1:0, 0:1)

Gollar: 1:0 – 25 Batshuayi, 1:1 – 82 Aspas.
Valensiya – Neto, Garay, Gayya, Pichchini, Murilo, Vass, Soler, Koklen (Kondogbia, 70), Gonsalu Gedesh (Cheryshev, 76), Batshuayi (Gameyro, 83), Rodrigo.
Selta – Alvares, Kabral, Arauxo, Junka, Ronkalya, Lobotka, Yokushlu (Sisto, 46), Beltran, Malo (Ekkert, 70), Aspas (Alonso, 86), Maksi Gomes.
Ogohlantirishlar: Aspas (45), Malo (48), Batshuayi (56), Beltran (75).

Mavzuga oid
Top