Senatorlar «O‘zbekiston Respublikasi Davlat xavfsizlik xizmati kunini belgilash to‘g‘risidagi qonun»ni ma'qulladi. Bu haqda Kun.uz muxbiri xabar bermoqda.
Ma'lum qilinishicha, endilikda 5 aprel, ma'qullangan qonunga ko‘ra, Davlat xavfsizlik xizmati kuni etib belgilandi.
Eslatib o‘tamiz, 2018 yilning 5 aprelida O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev «O‘zbekiston Respublikasining Davlat xavfsizlik xizmati to‘g‘risida»gi qonunni imzolagandi. Undan avvalroq, Senatning XIV yalpi majlisida senatorlar «Davlat xavfsizlik xizmati to‘g‘risida»gi O‘zbekiston Respublikasi qonunini yoqlab ovoz bergan.