22:23 / 28.09.2018
3606

Assanj WikiLeaks bosh muharriri lavozimidan ketishga qaror qildi

Foto: Vianney Le Caer / SIPA / Scanpix / LETA

WikiLeaks asoschisi Julian Assanj internetsiz qolgani sababli loyiha bosh muharriri lavozimini tark etdi. Loyihaga yangi bosh muharrir islandiyalik Kristinn Xrafnsson bo‘ladi. U 2010 yildan 2016 yilgacha WikiLeaks matbuot kotibi bo‘lgan. Assanj esa noshir lavozimida qoladi. 

Hozirda Ekvadorning Londondagi elchixonasida yashirinayotgan Assanj oxirgi 6 oy davomida internetdan uzib qo‘yilgan. U tashqi dunyo bilan faqat advokatlari yordamida muloqot qilmoqda.  

Ekvador prezidenti Lenin Moreno Assanjning internetdan uzib qo‘yilganini tasdiqlagan hamda u “Ispaniya va AQSh kabi do‘stona davlatlar” siyosatiga aralashmaslikka va'da bersa, unga internet muammosiz qaytarilishini aytgan.

Assanj Shvetsiya hukumati tomonidan AQShga topshirilishi mumkinligidan xavotir qilib, Ekvadorning Londondagi elchixonasida 2012 yildan beri qolmoqda. 

Top