BMT ma'lumotlariga ko‘ra, har yili okeanga 13 million tonnaga yaqin plastik chiqindi yig‘iladi - bu jahon okeanidagi barcha chiqindilarning 80 foizi demakdir. Plastik quyosh nurlari ta'siri ostida mayda zarrachalarga bo‘linadi va atrof-muhitga zararli moddalarni chiqara boshlaydi, bu esa tabiatga tuzatib bo‘lmas ziyon yetkazadi. Paketlar, butilkalar, bir martalik idishlar va boshqa chiqindilar dengizda yashovchi jonivorlar va qushlarning oshqozoniga tushadi. Ekologlarning hisob-kitobiga ko‘ra, har yili o‘n minglab jonivorlar shundan halok bo‘ladi. Portugaliyalik suratkash Paulo de Oliveyra va uning hamkasblari atrof-muhitning ifloslanishi muammosi qanchalik jiddiy ekani va chiqindilarni qayta ishlash naqadar muhimligini suratlar orqali ifodalashga harakat qilishdi.