15:10 / 28.09.2018
6775

Federer tennis tarixidagi eng yaxshi to‘p uzatish kim tomonidan amalga oshirilganini aytdi

Foto: Getty Images

Shveytsariyalik tennischi va jahonning ikkinchi raketkasi Rojyer Federer tennis tarixidagi eng yaxshi to‘p uzatilishi haqida gapirib, o‘z kumirlaridan biri - amerikalik Pit Samprasning faoliyati haqida to‘xtalib o‘tdi.

«Samprasning faoliyati ajoyib. U Uimbldonda yetti marta va AQSh Ochiq chempionatida besh marta g‘alaba qozongan. Uning US Open’dagi so‘nggi g‘alabasini hech qachon unutmayman - u o‘zining asosiy raqibi Agassini mag‘lub etgandi.

Menimcha, Pit biz qachonlardir ko‘rgan eng yaxshi to‘p uzatishga ega bo‘lgan tennischi. Bugungi kunda ham to‘pni o‘yinga yaxshi kiritadigan o‘yinchilar bor, biroq Sampras to‘p uzatishdan qanday foydalangani va hujumni rivojlantirgani - bu aql bovar qilmaydigan narsa edi», - deya Federerning so‘zlarini keltiradi Tennis World USA.

Sampras - «Katta dubulg‘a» musobaqalarining 14 karra g‘olibi. Meyjorlarda undan ko‘p faqat Rafael Nadal (17) va Rojyer Federer (20) g‘alaba qozongan. Serbiyalik Novak Jokovich so‘nggi US Open’da o‘zining 14-sovrinini yutib oldi.

Mavzuga oid
Top