09:01 / 28.09.2018
3731

Xitoyda 2 yildan keyin robototexnika bozori hajmi 14 milliard dollarga yetishi kutilmoqda 

Foto: Shen Zhicheng / Imaginechina via AP

Xitoyda oxirgi yillarda jadal sur'atlar bilan rivojlanayotgan robototexnika bozori hajmi 2020 yilgacha 14 mlrd dollarga yetishi kutilmoqda. Bunday prognozni Xitoy sanoat iqtisodiyoti federatsiyasi raisi Li Ichjun Guanchjouda ochilgan Xitoy robototexnika, sun'iy ong uchun qurilmalar va ishlab chiqarish texnologiyalari xalqaro ko‘rgazmasida bildirdi.

Ichjunning aytishicha, Xitoyda 2017 yilda 140 mingdan ko‘proq sanoat roboti sotilgan, bu esa 2016 yildagidan 58,1 foiz ko‘proqni tashkil qiladi. Ichjunning ta'kidlashicha, joriy yilda robotlar savdosi hajmi 150 ming donadan, bozor hajmi esa 6 mlrd dollardan oshishi kutilmoqda. Ta'kidlanishicha, ayni vaqtda Xitoy bu ko‘rsatkich bo‘yicha dunyoda birinchi o‘rinni egallaydi. 

Ichjunning aytishicha, Xitoyda robototexnika jadal sur'atlar bilan rivojlanayotganiga qaramasdan, bu sohada ko‘plab muammolarga duch kelinmoqda. Mutaxassisning ta'kidlashicha, Xitoyda bugungi kunda robototexnika yaratish va ishlab chiqarish bilan shug‘ullanuvchi mingdan ko‘proq korxona va 50 dan ko‘proq texnopark faoliyat yuritadi.

Top