09:30 / 28.09.2018
135813

Islom Karimov o‘z onasi haqida (video)

Islom Karimovning onasi Sanobar Karimova (1902-1982) sakkiz nafar farzandni dunyoga keltirib, o‘z hayotini ularning tarbiyasiga bag‘ishlagan, deyiladi Karimov fondining Facebook’dagi sahifasida.

Islom Karimovning volidalari Sanobar-aya nevaralari bilan
Foto: Facebook/Karimov Fondi

«Yurtimizning birinchi Prezidenti hamisha onalarini katta mehr bilan yodga olardilar. 
Ayniqsa, oyilarining ovqat pishirishlari, xamir qorib, yoyishlari ko‘zlari oldidan tez-tez o‘tishini ko‘p takrorlar edilar.

Islom Abdug‘aniyevich bolalik chog‘lari oyilari bozorga borganlarida yoki qarindoshlari holidan xabar olganlarida hamisha ularga hamrohlik qilishlarini aytib o‘tganlar. 

U kishi o‘z onalari nihoyatda dono va zakovatli ayol bo‘lganlarini so‘zlab berardilar. 
O‘g‘illari Toshkentdan Samarqandga ulardan xabar olgani kelganlarida, Sanobar aya yurtimiz va dunyoda sodir bo‘layotgan hodisalardan hamisha qiziqib so‘rar ekanlar», - deyiladi Karimov fondining Facebook’dagi sahifasida.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Islom Karimov qayerda dam olishni xush ko‘rgani aytilgandi.

Top