15:09 / 28.09.2018
9874
Reklama

Korzinka.uz supermarketlar tarmog‘iga ISO 9001 va 22000 sertifikatlari topshirildi

SGS  (Shveytsariya) kompaniyasi tomonidan Toshkent shahrida tashkil etilgan maxsus tadbirda Korzinka.uz supermarketlar tarmog‘iga ISO 9001 va 22000 milliy va xalqaro sertifikatlari tantanali ravishda topshirildi. Bu haqda tarmoqning Telegram kanalida xabar qilindi.

Foto: Korzinka.uz 

ISO 9001 – xaridorlarning yuqori sifatli mahsulot va xizmatlardan foydalanayotganini kafolatlasa, ISO 22000 oziq-ovqat mahsulot xavfsizligining Xalqaro menejment tizimi sertifikatlari sanaladi. Mazkur voqelik Korzinka.uz tarmog‘ining (“Anglesey Food” ShK kompaniyasi) mijozlar ishonchi va mahsulotlarga bo‘lgan talablarga jiddiy yondashishidan darak beradi.

Foto: Korzinka.uz 

Buni yuqori darajadagi biznes doiralar uchrashuvida sertifikatlarni qabul qilib olgan tarmoq asoschisi Zafar Hoshimov ham alohida ta'kidlab o‘tdi:

«Faoliyatimizning ilk kunidanoq sifat nazoratiga katta urg‘u berdik. Ushbu masalani hal etish uchun 20 yil mobaynida ter to‘kdik: jarayonlarni mukammallashtirdik, xato va kamchiliklardan tegishli xulosalar qildik. Ushbu ildam va izchil harakatlarimiz bizni sifat nazorati tizimini ISO standartlari asosiga qurish g‘oyasiga boshlab keldi. Mijozlarimiz uchun buning qanday afzallik taraflari bor? Ular, birinchi galda, xarid qilayotgan mahsulotlari sifatiga ishonch bildirishlari mumkin bo‘ladi. Supermarketda mijoz barcha jarayonlarning yakuniy qismiga guvoh bo‘ladi. Aslida esa, tovarlarni qabul qilish, joylashtirish, saqlash va qayta ishlash, sotish kabi ulkan hajmdagi ish bor. Bugun bizga topshirilgan sertifikatlar ularning nigohidan xoli bo‘lgan barcha jarayonlarda ham mahsulotlarning sifat va xavfsizlik ko‘rsatkichlariga amal qilinishiga bo‘lgan ishonchni ifodalaydi».

Foto: Korzinka.uz 

Ta'kidlash kerakki, O‘zbekistondagi mahalliy korxonalarni rivojlantirish uchun xalqaro standartlarni joriy etish mavzusidagi mazkur biznes-nonushta tashkilotchilari – SGS kompaniyasi (Shveytsariya) sifat hamda professional etika bo‘yicha dunyo etaloni, deb tan olingan. Uning asosiy faoliyati iqtisodiyotning barcha sohalarini qamragan hamda butun dunyo iste'molchilari har kuni foydalanadigan tovar va xizmatlarda o‘z ifodasini topadi.

Foto: Korzinka.uz 

Korzinka.uz tarmog‘ining so‘nggi yillarda faol kengayib borishi kompaniya rahbariyatini hisob-kitobning ilg‘or tizimlarini joriy etishga undagan edi. 2016 yildayoq Xalqaro Moliya korporatsiyasi ko‘magida kompaniya ISO 9001:2015 va ISO 22000:2005 standartlarini joriy etish harakatlarini boshlagan.

Yillar davomida xodimlarning tinimsiz mehnati hamda mahsulotlarning sifatini ta'minlash borasidagi sa'y-harakatlar natijasida bugun ushbu maqsadga erishildi. Endilikda tarmoq O‘zbekistonda o‘z faoliyatida mazkur standartlarni joriy qilgan ilk chakana savdo korxonasiga aylandi.

Foto: Korzinka.uz 

Xabarni batafsil o‘qish uchun tarmoqning rasmiy saytiga o‘tishingiz mumkin: korzinka.uz

Reklama huquqi asosida

Top