12:46 / 28.09.2018
9967

“Malibu”dan 4 mln so‘m va qariyb 7 ming dollar pul o‘g‘irlagan shaxs ushlandi

Illyustrativ foto

Toshkent shahrining Uchtepa tumanida jinoyat yuz berdi. Bu haqda  O‘zbekiston Respublikasi IIV Jamoatchilik va ommaviy axborot vositalari bilan aloqalar boshqarmasi xabar qilmoqda.

Ma'lum bo‘lishicha, shu yil 18 sentabr kuni noma'lum shaxs “O‘rikzor” bozori oldida qarovsiz qoldirilgan Sh.O‘. ismli ayolga tegishli “Malibu” rusumli avtomashinaning orqa eshigi oynasini sindirish yo‘li bilan ochib, salonidagi sumkasi ichidan 4 mln. so‘m puli va 6 800 AQSh dollarini o‘g‘irlab ketgan.

Holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. Ko‘rilgan choralar natijasida ushbu jinoyatni Toshkent viloyatining Zangiota tumanida yashovchi T.A. sodir etganligi aniqlanib ushlandi.

Top