12:01 / 29.09.2018
0
10107

Alvares Golovkinning muxlislariga «butun umr davomida ko‘z yoshlar to‘kish»ni maslahat berdi

Foto: AFP

Meksikalik bokschi Saul Alvares sobiq jahon chempioni Gennadiy Golovkinning muxlislari haqida istehzo bilan gapirdi.

15 sentabr kuni meksikalik hakamlar qaroriga ko‘ra qozog‘istonlik bokschini mag‘lubiyatga uchratdi va to‘rtta sovrinni qo‘lga kiritdi. Shundan so‘ng, Golovkinning ishqibozlari ijtimoiy tarmoqlarda yangi chempionga hujum qilishni boshlashdi.

«Butun hayotingiz davomida ko‘z yoshlarni to‘kishda davom eting», - deya yozgan Alvares tvitterdagi o‘z sahifasida.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq boks bo‘yicha o‘rta vazn toifasidagi jahon chempioni Saul Alvares jarohatidan keyin ringga qaytish uchun shifokorlardan ruxsat olgandi.

Mavzuga oid
Ushbu xabarga fikringizni bildiring. Buning uchun avtorizatsiyadan oʻtishingiz kerak!
Top