10:27 / 29.09.2018
5443

CNN asoschisi og‘ir kasallikdan aziyat chekayotganini ma'lum qildi

Foto: AP/David Goldma

CNN telekanalining asoschisi Ted Tyornerning ma'lum qilishicha, neyrodegenerativ kasallik - Levi tanachalar dementsiyasi bilan xastalangan. Bu haqda CBS News xabar bermoqda.

Uning so‘zlariga ko‘ra, bu xastalik Altsgeymer kasalligining mo‘'tadil shakli hisoblanadi.

Shuningdek, uning qo‘shimcha qilishicha, xotira zaifligi va charchoqdan azob chekmoqda.

Tyornerning ta'kidlashicha, uning kasalligi ma'lum bir bosqichda gallyutsinatsiyalar (yo‘q narsalarning ko‘rinishi, eshitilishi, sezilishi) va xotira buzilishiga olib keladi.

Ted Tyorner 1980 yilda CNN telekanaliga asos solgan bo‘lib, u kecha-yu kunduz efirga chiquvchi birinchi pullik kabel telekanaliga aylandi.

Top