12:10 / 30.09.2018
16043

Berdimuhamedov BMTni Orol dengizi muammosini atroflicha muhokama qilishga chaqirdi  

Foto: BMT

Turkmaniston prezidenti Gurbanguli Berdimuhamedov BMT Bosh assambleyasining 73-sessiyadagi nutqida BMTga a'zo davlatlarni Ashxobodning Orol dengizi havzasi uchun BMTning maxsus dasturini ishlab chiqish tashabbusini qo‘llab-quvvatlashga chaqirdi. 

“Mintaqa davlatlarining xalqaro hamjamiyat bilan hamkorligining muhim mavzulari qatorida Orol dengizini qutqarish masalasi turadi. Muammoni hal qilish uchun jahon hamjamiyati yordami, yangi kompleks xalqaro yondashuv, bu ishda BMTning tizimli va faol ishtiroki talab qilinadi”, deb aytgan Berdimuhamedov.

Uning aytishicha, Turkmaniston BMTning Orol dengizi havzasi uchun maxsus dasturini ishlab chiqish va Orol muammosini BMT faoliyatining alohida yo‘nalishi qilib ajratish tashabbusini amalga oshirishni boshlagan.   

Turkmaniston prezidenti shu munosabat bilan BMTga a'zo davlatlarni bu taklifni qo‘llab-quvvatlashga chaqirgan. Uning ta'kidlashicha, bunga 2018 yil 18 aprelda qabul qilingan, BMT Bosh assambleyasining “BMT va Orolni qutqarish xalqaro jamg‘armasi o‘rtasidagi hamkorlik” rezolyutsiyasi yaxshi asos bo‘ladi. 

Top