19:30 / 30.09.2018
6403

Paralimpiyachilar delegatsiyasi Indoneziyaga yo‘l oldi

6-13 oktabr kunlari Indoneziya poytaxti Jakarta shahrida III Paraosiyo o‘yinlari bo‘lib o‘tadi. Ushbu musobaqada o‘zbekistonlik paralimpiyachilar ham ishtirok etadi.

Milliy olimpiya qo‘mitasi matbuot xizmati xabar qilishicha, bugun, 30 sentabr kuni o‘zbekistonlik paralimpiyachilar Jakartaga tantanali ravishda kuzatildi. Avvaliga O‘zbekiston Milliy paralimpiya assotsiatsiyasida sportchilar uchun bayram dasturxoni yozildi.

So‘ngra Islom Karimov nomidagi Toshkent xalqaro aeroportida Paraosiyo o‘yinlarida O‘zbekiston sharafini himoya qiluvchi sportchilarni tantanali kuzatish marosimi o‘tkazildi.

Marosimda Milliy olimpiya qo‘mitasi, Milliy Paralimpiya assotsiatsiyasi vakillari ishtirok etishdi.

Eslatib o‘tamiz, III Paraosiyo o‘yinlarida O‘zbekiston terma jamoasi tarixda ilk marotaba 54 nafar sportchi bilan ishtirok etadi. O‘zbekiston vakillari sportning beshta turi: pauerlifting, dzyudo, o‘q otish, suzish va yengil atletika bo‘yicha bahslarda o‘z omadlarini sinab ko‘rishadi.

Top