8535.74 USD +17.06

9566 EUR -86.52

132.57 RUB +1.24

10746.5 GBP -101.19

09:25 / 01.10.2018 19307

2007 yilning eng yaxshi futbolchisi o‘z faoliyatini tiklashi mumkin

Braziliyalik yarim himoyachi Kaka o‘z faoliyatini davom ettirishi mumkin.

La Gazzetta dello Sport ma'lumotiga ko‘ra, futbolchi Italiya uchinchi divizionida ishtirok etuvchi, Silvio Berluskoni egalik qiluvchi «Montsa» klubi bilan shartnoma imzolashi mumkin. Italiya sobiq bosh vaziri, «Milan»ning sobiq egasi futbolchidan jamoani V seriyaga olib chiqishda yordam berishni so‘radi.

Kaka 2017 yilning dekabrida faoliyatini yakunlagani haqida e'lon qildi. 35 yoshli braziliyalikning so‘nggi jamoasiga AQShning «Orlando Siti»si aylandi. Kaka Italiyaning «Milan», Ispaniyaning «Real» va Braziliyaning «San-Paulu» jamoalarida to‘p surgan.

Shuningdek, Kaka 2002 yildan 2016 yilgacha Braziliya terma jamoasi tarkibida maydonga tushib, 92 ta o‘yinda ishtirok etdi va 29ta gol urdi. 2002 yilda jahon chempioni bo‘lgan.

2007 yilda Kaka «Oltin to‘p» egasiga aylandi. 

Top