8535.74 USD +17.06

9566 EUR -86.52

132.57 RUB +1.24

10746.5 GBP -101.19

18:49 / 01.10.2018 10588

Oqqon xastaligiga chalingan qiz yaxshilar ko‘magiga muhtoj

Umr davomida duch kelinadigan sinovlarga qarshi kurashish uchun ba'zida sabrning o‘zi kamlik qilib qolar ekan. Insonlarning bir-biriga yordam qo‘lini cho‘zishi, bir–biriga muravvat qilishi boshiga og‘ir kulfat kelgan insonga anchagina dalda, qalbiga malham bo‘ladi.

KUN.UZ tahririyatiga xasta bolasining shifosi uchun yordam so‘rab Toshkent shahri, Shayxontohur tumani, Shofayz 2-tor ko‘chasi, 53-uyda istiqomat qilayotgan Ma'mura Xadjibayevadan murojaat kelib tushdi. Ijodiy guruhimiz bilan ayol xonadoniga tashrif buyurdik.

Ona uchun farzandidan-da aziz ne'mat bo‘lmasa kerak. Ona mehri dunyodagi barcha tuyg‘ulardan ustun turadi. 4 farzandning onasi Ma'mura opaning aytishicha, guldek qizi 2001 yilda tug‘ilgan Farangiz Muhammadzoidovaga 2013 yilning sentabr oyida oq qon kasalligi tashxisi qo‘yildi. Ona farzandini sog‘aytirish uchun bor kuchi bilan harakat qilmoqda, yelib-yugurmoqda. Lekin qo‘li kaltalik qilyapti. Turmush o‘rtog‘ining ham qon bosimi kasalligi bezovta qiladi. Hozir pensiyada. Kasallik Farangizni borgan sari yengmoqda. Vaqt o‘tib bormoqda.

Facebook'da ko‘rish

Youtube'da ko‘rish

“Bor pulimizni to‘plab Hindistonga olib bordik. Lekin muolaja va dori-darmonlar qimmatligi tufayli pulimiz tugab, davolanish jarayonining yarmida qaytishga majbur bo‘ldik. Endi Rossiya Federatsiyasida ilik ko‘chirish operatsiyasida 10 yoshli singlisi Shahnozadan qon olib Farangizga o‘tkazish kerak ekan...”, dedi bemor qizning onasi. Singlisi Shahnozaning qon analizlari 100 foiz to‘g‘ri kelgan. Ammo bunday operatsiyaga judayam ko‘p mablag‘ talab etiladi. Oilani esa bu pulni topib berishga imkoniyati yo‘q. Qizning bir ko‘zi ko‘rmay qolgan, endi ikkinchi ko‘zi ham xiralashmoqda.

Azizlar, hayotdan umidi ko‘p, orzulari bisyor Farangizni chin yurakdan duo qilaylik. Farangiz yaxshilarning ko‘magiga muhtoj. Qo‘limizdan kelguncha, imkoniyatimiz yetguncha unga yordam beraylik.

Qo‘shimcha ma'lumotlar:

Click/PayMe: 8600 0423 4234 4503 (Agrobank. Onasi Ma'mura Xadjibayeva)

VISA CARD: 4097 8200 0131 8564 (Ma'mura Xadjibayeva)

Telefon: +998 (99) 845 12 46

Rahmatilla Isroilov tayyorladi

Teglar

Top