21:30 / 01.10.2018
7062

Televizor va monitorlardagi tasvirni bloklovchi ko‘zoynak ixtiro qilindi

Amerikaning In Real Life kompaniyasi televizor va monitorlardagi tasvirlarni yashira oluvchi maxsus ko‘zoynaklarni ishlab chiqdi. BBC shu haqida xabar berdi. 

"In Real Life  kompaniyasi ko‘zoynaklarida maxsus polyarizatsiyalangan linzalar qo‘llaniladi, bu linzalar displeylardagi tasvirni qora to‘g‘ri to‘rtburchakka aylantiradi", - deyiladi kompaniyada. 

"Ko‘zoynaklar ekranlar dengiziga cho‘kib ketmaslik uchun atrofimizdagi displeylardagi tasvirlarni filtrlashga mo‘ljallangan", - deydi kompaniya asoschisi Ivan Kesh. Uning fikricha, insonga chalg‘ituvchi vizual axborotdan dam olish imkonini beruvchi qurilma bo‘lishi kerak. 

"Ba'zan smartfonlarni "parvoz" rejimiga o‘tkazib, barcha televizorlarni o‘chirib qo‘yishimiz mumkin. Biroq vaqt o‘tgan sari bunday hashamatdan yiroqlashyapmiz", - deya qo‘shimcha qildi Kesh.

Ta'kidlash joizki, ko‘zoynaklar LCD va LED texnologiyalaridan foydalangan holatda ishlangan bo‘lsagina ekranlardagi tasvirni bloklay oladi. Ko‘zoynak OLED-texnologiyasiga ko‘ra ishlangan displeylar va gadjyetlar ekranlaridagi tasvirlarni bloklamaydi. 

Mavzuga oid
Top