13:57 / 01.10.2018
5339

O‘zbekiston-Hindiston hamkorligining yangi imkoniyatlari muhokama qilindi

O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev va Hindiston Bosh vaziri Narendra Modi muzokaralarni keng doirada davom ettirishdi.  Prezident matbuot xizmatining xabar berishicha, muzokarada savdo, iqtisodiyot, investitsiyalar, yuqori texnologiyalar, tibbiyot, farmatsevtika, turizm va boshqa sohalardagi hamkorlikning yangi imkoniyatlari muhokama qilingan. 

Hindiston ko‘p aholi va ulkan iqtisodiy imkoniyatlarga ega, sanoati rivojlangan mamlakat. Yalpi ichki mahsulot darajasi bo‘yicha dunyoda oltinchi o‘rinda turadi. Yuqori texnologiyalar, innovatsiyalar,  dasturlash, sog‘liqni saqlash, xizmat ko‘rsatish sohalarida ilg‘or hisoblanadi. 

Mazkur sohalar rivojiga katta e'tibor qaratayotgan O‘zbekiston uchun Hindistonning tajribasi va texnologiyalari muhim. Hindiston uchun ham izchil rivojlanayotgan, investorlarni qo‘llab-quvvatlayotgan O‘zbekiston istiqbolli hamkordir. 

Top