10:54 / 01.10.2018
6013

Viza karta olib berishni kasb qilib olgan firibgar qizga nisbatan hukm o‘qildi 

Foto: Depositphotos

Jizzax shahrida yashovchi K.G‘ o‘zganing mol-mulkini aldash va ishonchini suiiste'mol qilish yo‘li bilan qo‘lga kiritish maqsadida, tadbirkor N.Yu.ga  agarda 4000 AQSh dollarini bersa, uning nomiga viza karta rasmiylashtirib, ushbu pullarni viza kartaga tushirib, 8000 AQSh dollarini ikki baravarga ko‘paytirib berishini aytadi. Xizmat evaziga  8000 AQSh dollaridan 400 AQSh dollari olib qolishini, viza kartasi bilan chet davlatga chiqib, tadbirkorlikni rivojlantirish uchun tovar olib kelishi mumkinligini aytib, N.Yu.ni aldaydi. 2017 yil 6 fevral kuni N.Yu.ning “Zargarlik” mahallasidagi uyida jami 26.240.000 so‘m pullarini firibgarlik yo‘li bilan qo‘lga kiritadi. 

K.G‘ takroran shu yo‘l orqali tanishi S.O.ni ham agarda 4000 AQSh dollari bersa, uning nomiga viza karta rasmiylashtirib, pullarini viza kartaga tushirib, ikki hafta ichida 8000 AQSh dollarini ikki baravariga ko‘paytirib berishni va'da beradi. S.O.ni aldab, 2017 yil 11 iyun kuni “Ittifoq” mahallasi hududidagi avtomashinalar turargohida jami  15.497.920 so‘mga teng 4.000 AQSh dollarini firibgarlik yo‘li bilan qo‘lga kiritib, pullarni o‘zining shaxsiy  ehtiyojlari uchun sarflab yuboradi. 

K.G‘ o‘zining jinoiy harakatlarini davom ettirib, tanishi M.A.ga agarda 2300 AQSh dollari bersa, o‘zi 2300 AQSh dollari qo‘shib, viza karta sotib olishini va unga o‘zining puli bilan birga 1200 AQSh dollari pul foydasi bilan qaytarishini aytadi. M.A.ni aldab, 2017 yil oktabr oyida jami 18.579.676 so‘mga teng 2300 AQSh dollarini firibgarlik yo‘li bilan qo‘lga kiritib, pullarni o‘zining shaxsiy ehtiyojlari uchun ishlatib yuboradi. 

Bundan tashqari, K.G‘ 2016 yilning noyabr oyida D.S.ni chet elga davolanish uchun ketishidan xabar topadi. Agarda 6.150.000 so‘m bersa, unga hisobida 1200 AQSh dollari bo‘lgan viza kartani berishini aytib, evaziga D.S.dan aytilgan pullarni oladi. D.S. viza kartadan foydalanmasdan yo‘qotib qo‘yganidan so‘ng, viza kartani tiklash uchun hujjatlarni rasmiylashtirib bermasdan, firibgarlik yo‘li bilan qo‘lga kiritgan 6.150.000 ming pullarni  qaytarib bermaydi.

K.G‘.ning xatti-xarakatlaridan norozi bo‘lgan jabrlanuvchilarning arizasiga asosan Jizzax shahar IIB O‘zbekiston Respublikasi JKning 168-moddasi 3-qismining “b” bandi jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.  Jinoyat ishlari bo‘yicha Jizzax shahar sudining hukmiga ko‘ra K.G‘.ga jazo tayinlandi.

Top