17:53 / 02.10.2018
3444

OTB vitse-prezidenti boshchiligidagi delegatsiya “Kafolat sug‘urta kompaniyasi” AJga tashrif buyurdi

Foto: Kafolat sug‘urta kompaniyasi

27 sentabr kuni Osiyo taraqqiyot bankining (OTB) Moliya va tavakkalchiliklarni boshqarish bo‘yicha vitse-prezidenti Ingrid van Veyes xonim boshchiligidagi delegatsiya “Kafolat sug‘urta kompaniyasi” AJga tashrif buyurdi.

Tashrif chog‘ida mehmonlar O‘zbekiston sug‘urta bozori hamda “Kafolat sug‘urta kompaniyasi” AJ faoliyati bilan tanishishdi. Uchrashuv doirasida tomonlar sug‘urta, qayta sug‘urta, kompaniya investitsion faoliyati kabi o‘zaro manfaatli masalalar bo‘yicha muzokaralar olib borishdi.

Ma'lumot o‘rnida: “Kafolat sug‘urta kompaniyasi” AJ 1997 yilda tashkil etilgan bo‘lib, O‘zbekiston sug‘urta bozorida yetakchi o‘rinlarni egallamoqda. Kompaniya tomonidan 100 dan ortiq majburiy va ixtiyoriy sug‘urta xizmati taqdim etiladi. 2018 yil 1 sentabr holatiga ko‘ra, kompaniyaning mintaqaviy tarmog‘i 15 filial, 48 bo‘lim va 152 sug‘urta markazidan iborat.

Reklama huquqi asosida

Top