22:08 / 02.10.2018
7339

Superliga. «Nasaf» 6ta gol urilgan o‘yinda «Qizilqum»ni yengdi

Superligada qolish uchun kurashayotgan jamoalar 25-tur o‘yinlaridan birini o‘tkazishdi.

«Nasaf» o‘z maydonida «Qizilqum»ni qabul qilib, 4:2 hisobida g‘alaba qozondi. Mezbonlar tarkibida Bobir Abdixoliqov dubl sohibi bo‘ldi.

Bu natijadan so‘ng, «Nasaf» 20 ochko jamg‘arib, ligada qolish uchun kurashayotgan jamoalar guruhida 2-o‘ringa chiqib oldi. «Qizilqum» 23 ochko bilan 1-o‘rinni egallab turibdi.

Superliga, 25-tur
2 oktabr, Qarshi
Nasaf (Qarshi) - Qizilqum (Navoiy) - 4:2
Gollar: Maqsud Karimov (29), Bobir Abdixoliqov (35, 80), Bobur Davlatov (54) - Artur Gevorkyan (60), Humoyun Abdualimov (90)

Top