09:13 / 03.10.2018
29969

Boks bo‘yicha sobiq jahon chempioni YTHda halok bo‘ldi

Foto: Globallookpress

Germaniyalik mashhur bokschi Grasiano Rokkijani avtohalokat oqibatida hayotdan ko‘z yumdi.

Bild ma'lumotiga ko‘ra, fojia Italiyada sodir bo‘lgan. Sobiq sportchining menejyeri o‘z mijozi hayotdan ko‘z yumgani haqidagi ma'lumotni tasdiqladi, ammo bu borada tafsilotlarni oshkor qilmadi.
 
54 yoshli Rokkijani ringda 122ta jang o‘tkazgan. U Xalqaro boks federatsiyasi (IBF) va Butunjahon boks kengashi (WBC) talqini bo‘yicha jahon chempioni bo‘lgan.

Mavzuga oid
Top