13:50 / 03.10.2018
7504

Klopp Salohga maslahat berdi

«Liverpul» bosh murabbiyi Yurgen Klopp jismoniy holatini maromiga yetkazib olmagan hujumchi Muhammad Salohni qo‘llab-quvvatlashga qaror qildi.

«Hammasi ishonchga bog‘lik. U juda yaxshi o‘ynamoqda. So‘nggi o‘yinni ham yaxshi o‘tkazdi - qulay imkoniyatlarga ega bo‘ldi, ammo to‘pni yo‘qotaverdi. Bunaqasi bo‘lib turadi.

U nima qilishi kerak? Xotirjam bo‘lishi kerak. To‘liq bo‘shashib olishi lozim. Boshqa hech narsa kerak emas. Uning iqtidori hech qayerga yo‘qolib qolmadi, hammasi joyida. Balandparvoz gaplar shart emas» - degan Klopp.

Top