19:09 / 03.10.2018
11397
Turkmaniston klubi tarixda ilk marotaba OFK Kubogi finaliga chiqdi

Osiyoning nufuzi jihatidan ikkinchi o‘rinda turuvchi, klublar o‘rtasidagi OFK Kubogi musobaqasida finalchilar aniqlandi.

Turkmanistonning «Oltin Asr» klubi o‘z maydonida Shimoliy Koreyaning «25 aprel» klubini qabul qilib, 1:1 hisobida durang o‘ynadi. Dastlabki o‘yinda 2:2 hisobi qayd etilgani bois, turkmanistonliklar tarixda ilk marotaba finalga yo‘l oldilar. 

«Oltin Asr» 27 oktabr kuni finalda Iroqning «Al-Quvvatul Javiya» klubi bilan bellashadi.

Eslatib o‘tamiz, O‘zbekiston klublari ichida Qarshining «Nasaf» jamoasi 2011 yilda OFK Kubogi sohibi bo‘lgan. 

OFK Kubogi, hududiy final
3 oktabr
Oltin Asr (Turkmaniston) - 25 aprel (KXDR) - 1:1
Gollar: O‘rozsaxedov (64 pen) - Xan (7)
Dastlabki o‘yin: 2:2

Final
27 oktabr 
Al-Quvvatul Javiya (Iroq) - Oltin Asr (Turkmaniston)

Top