09:41 / 04.10.2018
20086

Makgregor boks qoidalari bo‘yicha Meyvezer bilan jangga rozi bo‘ldi

Foto: REUTERS

Aralash yo‘nalish (MMA) bo‘yicha irlandiyalik jangchi Konor Makgregor boks qoidalariga muvofiq kichik Floyd Meyvezer bilan revansh jang o‘tkazishga tayyorligini bildirdi.

2017 yilda Makgregor maxsus WBC Money Belt unvoni uchun jangda Meyvezerdan mag‘lubiyatga uchragandi.

«Men kelajak uchun bir nechta variantlarni ko‘rib chiqyapman. Albatta, ro‘yxatda boks ham bor. Men bunday imkoniyatlardan doim mamnunman.

Agar Meyvezerda menga qarshi oktagonda chiqish uchun jasorati yetsa, bu nima bilan tugashini ko‘rish qiziq bo‘lardi. Ammo, men u bilan boks bo‘yicha ringda yana uchrashishga tayyorman. Agar u jang qilishni xohlasa, revansh qilamiz», - deya Makgregorning so‘zlarini keltiradi Boxing News 24.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Nurmagomedov Makgregor bilan jangdan avval o‘zbekistonlik muxlislarga murojaat qilgandi. 

Mavzuga oid
Top