16:51 / 05.10.2018
14508
Bir hafta davomida 2,7 mlrd so‘mlik avtoraqamlar sotildi 
Foto: KUN.UZ

Joriy yilning 24 sentabrdan 28 sentabrgacha bo‘lgan davr mobaynida “O‘zRTXB” AJ da 729,6 mlrd so‘mlik bitimlar tuzildi, deb xabar qilmoqda "O‘zRTXB" AJ matbuot xizmati.

O‘tgan hafta mobaynida onlayn auksion orqali 826ta avtomobil raqamlari sotildi. Sotilgan davlat raqam belgilarining umumiy summasi 2,7 milliard so‘mdan oshdi.

Savdolar natijasida bitimlarning qariyb 22% birinchi toifadagi avtoraqamlarga, 52% ikkinchi va 26% uchinchi toifa avtoraqamlarga tegishli.

Xaridorlar tarkibida yetakchilikni Toshkent va Toshkent viloyati avtohavaskorlari egalladi va ularning tuzilgan bitimlar sonidagi ulushi 21%ga teng. Keyingi o‘rinda Qashqadaryo viloyatining avtohavaskorlari 12% ulush bilan joylashdi. Uchinchi o‘rin Farg‘ona va Buxoro viloyatlarining avtohavaskorlariga tegishli bo‘lib, har birining ulushi 11%ni tashkil qiladi. Boshqa hududlarning ulushi 45%ga teng.

Mavzuga oid
Top