15:42 / 05.10.2018
31875

Interpol rahbari yo‘qolib qoldi

Foto: AOP

Fransiya politsiyasi Interpol rahbari Men Xunveyning yo‘qolib qolishi holati bo‘yicha tergov boshladi, deb xabar qilmoqda Independent.

Xabar berilishicha, 64 yoshli Men Xunvey 29 sentabr kuni Xitoyga jo‘nab ketgach, bir haftadan beri aloqaga chiqmagan.

U yo‘qolib qolgani haqidagi ariza xotini tomonidan berilgan, u bilan Xunvey Lionda istiqomat qiladi.

2016 yilda Xitoy jamoat xavfsizligi vaziri o‘rinbosari Men Xunvey Interpol prezidenti etib saylandi. 

Top