8378.04 USD +3.94

9488.13 EUR +77.32

129.09 RUB +2.91

11133.6 GBP +234.69

20:52 / 05.10.2018 11936

LG beshta kamerali smartfon taqdim qildi

LG kompaniyasi 3ta asosiy va 2 ta old kameraga ega yangi V40 ThinQ smartfonini taqdim qildi.  

Ma'lum qilinishicha, yangi smartfon 6,4-dyuymli, 3120x1440 pikselli OLED-displey olgan. Qurilma Qualcomm Snapdragon 845 protsessori negizida ishlaydi, 6 Gb tezkor xotira va 64 yoki 128 Gb doimiy xotiraga ega. 

Smartfonning asosiy kamerasi 12 Mp, 16 Mp va 12 Mpli modullardan, old kamerasi esa 8 va 5 Mpli ikkita moduldan iborat.

Smartfon korpusi IP68 standarti bo‘yicha chang va namdan himoyalangan. Qurilma akkumulyatori sig‘imi 3300 mA-soatni tashkil qiladi. 

Yangi smartfon 18 oktabrdan sotuvga chiqadi. Smartfon kulrang, qora, ko‘k va qizil ranglarda 900 dollardan boshlab taklif qilinadi. 

Top