01:01 / 05.10.2018
19715

Urugvay terma jamoasi bosh murabbiyi Ginness rekordlar kitobiga kiritildi

Urugvay terma jamoasi bosh murabbiyi Oskar Tabares Ginness rekordlar kitobiga kiritildi. 

Mutaxassis bir terma jamoani eng ko‘p marta boshqargan rekordchi murabbiy bo‘ldi. 2006 yilda Urugvayga tayinlangan Tabares qo‘l ostida jamoa 185ta o‘yin o‘tkazgan. Bundan tashqari, u jahon chempionatlaridan eng ko‘p ishtirok etgan murabbiy bo‘ldi - 4.

Oskar Tabares Urugvay terma jamoasi bilan 2 marta Amerika Kubogida zafar quchgan. 2011 yilda u Xalqaro futbol tarixi va statistikasi federatsiyasi talqiniga ko‘ra, dunyoning eng yaxshi murabbiyi deb topilgan.

JCh-2018 musobaqasida Tabares qo‘l ostidagi Urugvay chorakfinalgacha yetib borib, bo‘lajak jahon chempioni Fransiyaga 0:2 hisobida yutqazgan edi.

Top