21:17 / 06.10.2018
6049

APL. «Tottenhem» g‘alaba qozondi, «Uotford» yirik hisobda yutqazdi va boshqa natijalar

Angliya Premer-Ligasi 8-turidan o‘rin olgan bir qancha o‘yinlar yakunlandi. 

«Tottenhem» o‘z maydonida «Kardiff» bilan bellashdi va 1:0 hisobidagi qiyin g‘alabani qo‘lga kiritdi. Bu natijadan so‘ng, «Tottenhem» 18 ochko bilan 3-o‘ringa chiqib oldi.

Chempionat startida peshqadamlar orasida bo‘lgan «Uotford» o‘z maydonida «Bornmut»ga yirik hisobda yutqazdi va 8-o‘ringa tushib ketdi.

APL, 8-tur
6 oktabr

Lester – Everton 1:2
Gollar: 0:1 – 7 Risharlison, 1:1 – 40 Rikardu Pereyra, 1:2 – 77 Sigurdsson. 
Chetlatish: Morgan (Lester, 63).

Byornli – Haddersfild 1:1
Gollar: 1:0 – 20 Vouks, 1:1 – 66 Shindler. 

Kristal Pelas – Vulverhempton 0:1
Gol:
 0:1 – 56 Doerti. 

Tottenhem – Kardiff 1:0
Gol:
 1:0 – 8 Dayyer. 
Chetlatish: Rolls (Kardiff, 58).

Uotford – Bornmut 0:4
Gollar: 
0:1 – 14 Bruks, 0:2 – 33, penalti King, 0:3 – 45 King, 0:4 – 47 Uilson. 
Chetlatish: Kabasele (Uotford, 32).

Top