8455.37 USD +4.00

9554.57 EUR +77.20

131.53 RUB +2.16

11060.5 GBP +43.26

18:44 / 06.10.2018 10951

Kongoda benzin tashuvchi mashinaning YTHga uchrashi 50dan ortiq kishining o‘limiga sabab bo‘ldi

Foto: radiookapi

Kongo g‘arbidagi Markaziy Kongo provinsiyasida joylashgan Mbuba qishlog‘ida benzin tashuvchi mashinaning yonib ketishi natijasida 50dan ortiq kishi halok bo‘ldi, deb xabar berdi Sinxua agentligi rasmiy manbalarga tayanib.

Mahalliy Okapi radiostansiyasi esa 30 kishi halok bo‘lgani va ko‘plab odamlar jarohatlangani haqida xabar qildi. Radiostansiyaning bildirishicha, yonilg‘i olib ketayotgan yuk mashinasi YTHga uchragan. Yuzaga kelgan olov yaqin-atrofdagi uylarga tarqalib ketgan.

Ayni paytda jabrlanganlarga tibbiy yordam ko‘rsatilmoqda. Voqea yuzasidan surishtiruv ishlari olib borilmoqda.

 

Top