8356.18 USD +19.11

9582.03 EUR +83.61

124.97 RUB +1.61

10730.2 GBP +120.41

13:54 / 06.10.2018 3727

Namanganda “Mug‘tepa” arxeologiya majmuasi tashkil etilmoqda

Vazirlar Mahkamasining “Namangan viloyatining Kosonsoy tumanida “Mug‘tepa” arxeologiya merosi obektini muhofaza qilish va tadqiq etish majmuasini tashkil etish to‘g‘risida”gi qarori qabul qilindi.

Hujjat bilan O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligi, Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi, Fanlar akademiyasi va Namangan viloyati hokimligining:

Namangan viloyat tarixi va madaniyati davlat muzeyining filiali sifatida “Mug‘tepa” arxeologiya merosi obektini muhofaza qilish va tadqiq etish majmuasini;

majmua tarkibida ko‘rgazma-ekspozitsiya va axborot-resurs markazini tashkil etish to‘g‘risidagi takliflari ma'qullandi.

Quyidagilar majmuaning asosiy vazifalari va faoliyat yo‘nalishlari etib belgilandi:

“Mug‘tepa” arxeologiya merosi obektini tegishli darajada muhofaza qilish, konservatsiyalash va asrab-avaylash, obektda ochiq varaq va ruxsatnoma olgan arxeologlar tomonidan obektda arxeologik qidiruv ishlari, arxeologiya qazishmalari va arxeologiya nazoratini tashkil etish, chuqur ilmiy-arxeologik tadqiqot natijalari asosida majmuaning ilmiy-tarixiy konsepsiyasini ishlab chiqish hamda amalga oshirish;

respublika va xorijda obektga oid saqlanayotgan manbalarni malakali mutaxassis va ekspertlar, olimlarni jalb etgan holda tadqiq etish, ular haqida batafsil ma'lumotlar bazasini yaratish va muntazam yangilab borish, xalqaro ilmiy anjumanlar tashkil etish, matbaa mahsulotlarini tayyorlash, ommaviy axborot vositalari, butunjahon Internet tarmog‘i orqali keng targ‘ib etish;

tarixiy-ilmiy asoslar bo‘yicha obekt maketlarini tayyorlash, arxeologiya ashyolari, qadimiy qo‘lyozma va toshbosma kitoblar, tarixiy dalil va hujjatlar, osori-atiqalar, zamonaviy ilmiy-tadqiqot ishlari, kitob va to‘plamlar, video va foto hujjatlar hamda boshqa manbalar hisobidan ko‘rgazma-ekspozitsiya tashkil etish, yuqori texnologiyalarga asoslangan axborot-resurs markazi faoliyatini samarali yo‘lga qo‘yish;

turistlar, ilmiy tadqiqotchilar va tashrif buyuruvchilar uchun qulay shart-sharoitlar yaratish, tarixiy ko‘rinishni saqlagan holda obektning muhofaza etiladigan hududidan tashqarida zamonaviy dam olish maskanlarini tashkil etish va obektning turistik salohiyatini oshirish yuzasidan boshqa zarur chora-tadbirlarni ko‘rish.

Top